SEMA

SEMA (yun. sema — belgi) — mazmun, maʼno jihatining eng kichik birligi, semema (leksik maʼno)ning tarkibiy qismi. Mas, «atrof» leksemasining maʼnosi (sememasi) «hamma» va «tomon» S. laridan iborat. Yoki «daraxt» leksemasining sememasi «predmet», «oʻsimlik», «yerda oʻsuvchi», «tanali», «ildizli», «shoxli», «bargli» va boshqa Sema lardan tashkil topadi. Maʼlum leksiksemantik guruhga oid sememalardagi Semalar shu sememalar uchun umumiy yoki xususiy ekaniga koʻra, 2 asosiy turga boʻlinadi; umumiy, birlashtiruvchi (integral) S. va farqlovchi (differensial) S. Umumiy Sema — bir semantik maydondagi sememalarning tutashtiruvchi Sema si. Mas, aka, opa, singil kabilardagi «qarindoshlik» S. si. Chopmoq, oqmoq, sakramoq kabilardagi «harakat» S. si. Farqlovchi Sema — koʻp maʼnoli soʻz sememalaridan har birining oʻziga xos boʻlgan, ular sememasini birbiridan farqlaydigan S. Mas, aka, uka soʻzlari kattakichiklik Semasi b-n, opa, aka soʻzlari esa jins S. si bilan farqlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x