SEHRLI YADROLAR — 2, 8, 20, 28, 50, 82, 126 proton va neytronni oʻz ichiga olgan atom yadrolari (2,8 va h. k. sehrli sonlar deyiladi; boshqa yadrolar ichida eng katta turgʻunligi bilan farq qiluvchi atom yadrolaridagi nuklonlar soni). Sehrli yadrolarning qoʻshni atom yadrolarga nisbatan barqarorligi yuqori, ular tabiatda keng tarqalgan.
Protonlari va neytronlari soni sehrli son boʻlgan yadrolar qoʻshaloq sehrli yadrolar deb ataladi (mas, 2Ne2, 8Og , 2OSa2Ova 82R126).
Sehrli yadrolar atom yadrosining qobiq modeli haqidagi gʻoyaning vujudga kelishiga sabab boʻldi. Bu modelga, asosan, yadrodagi proton va neytron qobiqlarning har biri maʼlum sondagi nuklon (proton va neytron) lar bilan toʻldiriladi. Sehrli sonlar shu nuklonlar soniga teng. SI (frans. — internatsional sistema) — Xalqaro birliklar tizimintnt qisqacha nomi.