SEGIZBOYEV Sulton (1899.15.7, hoz. Oqqoʻrgʻon tumani — 1938.15.6) — siyosat va jamoat arbobi. Avval qishloq maktabida, soʻng Toshkent gimnaziyasida oʻqigan. Iqtisod fanlari boʻyicha prof. (1930). Segizboyev 1916y. Turkistondagi milliy ozodlik harakatida qatnashgan. 1918-y. dan xoʻjalik sohasida rahbarlik lavozimlarida. Turkiston oʻlka «Qoʻshchi» tashkiloti masʼul kotibi (1921—22). Fargʻona viloyati partiya komiteti kotibi (1923), Turkiston KP MK tashkiliy boʻlimi mudiri, Toshkent uyezdi partiya komiteti kotibi (1924). Ukraina Starobelsk okrug partiya komiteti yoʻriqchisi (1925). 1925—30 y. larda Qizil professura in-ti (Moskva)da oʻqigan, shu in-t huzuridagi kechki un-t dekani. Butunittifoq q. x. akademiyasining Oʻrta Osiyo filiali va Paxtachilik in-ti direktori, Oʻrta Osiyo un-tida kafedra mudiri (1930—31). VKP (b) Qozogʻiston oʻlka komitetida boʻlim mudiri (1932— 36), Shim. Qozogʻiston viloyat partiya komiteti 1kotibi (1937). Oʻzbekiston XKS raisi, SSSR Oliy Soveti Ittifoq Soveti raisi oʻrinbosari (1937—38). Gaz., jur. larga muharrirlik qildi, iqtisod va tarixga oid koʻplab maqolalar yezdi. 1938-y. Toshkentda qamoqqa olinib, qatagʻon qilindi. Oʻlimidan soʻng oqlandi. Segizboyev xotirasi abadiylashtirilgan. Oqqoʻrgʻon tumanidagi shirkat xoʻjaliklari (2 ta), maktab, mahalla, koʻcha, Mirzachoʻl tumanidagi shirkat xoʻjaligi, Guliston sh. dagi tibbiyot kolleji, Toshkent sh. dagi koʻchalardan biri uning nomi bilan ataladi, Mirzachoʻl va Oqqoʻrgʻon tumanlarida Segizboyev byusti oʻrnatilgan.
Ad.: Oʻzbekiston tarixi (1917—1991-y.), T., 2000; Muhiddinova F. P.,Hasanov Q. Sulton Segizboyev, T., 1978.