SAYQAL

«SAYQAL» — ikki qismli, asosan, tanbur, gʻijjak va dutorda, 20-a. oʻrtalaridan sozandalar ansambli tomonidan ijro etib kelinayotgan oʻzbek mumtoz cholgʻu kuylaridan. Ufar doira usuliga bogʻlangan. Shashmakrmdagi Segoh maqomi yoʻllarining varianti boʻlib, «Segoh» va «Girya» ashulalariga hamohang. Kuy rivojida peshrav uslubi muhim rol oʻynaydi. Bastakorlar T. Jalilov va Yu. Rajabiylar musiqali drama asarlarida Sdan foydalangan. Sayqalning surnay yoʻllari keng tarqalgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x