Sayohatga chiqmagan oila

Skotlandda yashovchi Klark va uning oilasining juda katta orzusi bor edi — dunyo boʻylab sayohatga chiqish. Er-xotin ishlar, roʻzgʻor xarajatlaridan orttirib, sayohat uchun pul jamgʻarib borardi.

Dastlab, Klark xotini va toʻqqiz farzandi bilan Amerika boʻylab sayohatga otlanishni xayol qilgandi. Oradan bir necha yil oʻtibgina sayohat uchun yetarli mablagʻ yigʻildi. Sayohat uchun barcha tayyorgarliklar koʻrildi, chiptalar olindi, biroq…

Nima boʻldi-yu, sayohatga joʻnashdan bir hafta burun Klarkning kichik oʻgʻlini daydi it qopib oldi. Oʻgʻlini muolaja qilgan shifokor ular eshigiga sariq tasma ilib ketdi. Endi bu xonadonga ikki haftaga na kirish, na chiqish mumkin edi. Xullas, Amerikaga sayohat qila olmadilar. Kema esa allaqachon joʻnab ketgandi.

Klark bunda oʻgʻlini ayblab, uni koyidi. Biroq besh kundan soʻng butun Skotlandga dahshatli fojia haqidagi xabar tarqaldi. Ular sayohatga joʻnashi kerak boʻlgan «Titanik» kemasi gʻarq boʻlibdi! Afsuski, u oʻzi bilan yana minglab insonlarni ham bu yorugʻ olamdan olib ketgandi. Oldiniga koʻngilsizlik sifatida qabul qilingan oʻgʻlini it qopishi Klarklar oilasi hayotini saqlab qolgandi. Yoʻqsa, ular ham choʻkkanlar qatorida boʻlishi muqarrar edi. Bu fojia haqidagi xabardan soʻng Klark oʻgʻlidan kechirim soʻradi va oilasini asragani uchun Yaratganga shukronalar keltirdi. Oilasiga esa kelgusida, albatta, dunyo boʻylab sayohatga chiqishga vaʼda berdi.

 

Ingliz tilidan

Ozoda VALIYEVA

tarjimasi

 

“Oila davrasida”dan olindi.

https://saviya.uz/ijod/nasr/sayohatga-chiqmagan-oila/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x