SAXARIN

SAXARIN (o sulfobenzoy kislota imidi) — rangsiz, shirin taʼmli kristall modda. Mol. m. 183,25. Suyuqlanish t-rasi 224—226°, suvda oz eriydi. Suv qoʻshib qaynatilsa, bemaza modda — o sulfamidbenzoy kislota hosil boʻladi. Metallar bilan tuz hosil kiladi. Ishuriy metalli tuzlari suvda yaxshi eriydi Saxarin natriyli tuzining 3 molekula suvli kristallogidrati shakardan 400—500-marta shirin; tish pastalari, baʼzi atirupa mahsulotlarini shirin taʼmli qilish uchun ishlatiladi. Saxarin otoluolsulfoamidni KMpO4 bilan oksidlash usulida olinadi. Organizmda hazm boʻlmaydi, siydik bilan chiqib ketadi. Diabet bilan kasallanganlar ovqatiga shakar oʻrniga qoʻshib beriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x