Sarxumdon


Post Views:
41

SARXUMDON – Ko‘kcha dahasidagi qadimgi mahalla. Ayrilish, Kattahovuz, Langar, Podaxona mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan. Qariyb 300 xonadon yashagan. Aholisi, asosan, o‘zbeklar bo‘lib, ko‘nchilik, kosibchilik, sovungarlik, dehqonchilik va bog‘dorchilik (Nishabquloq, Beshqayrag‘och, Xotinko‘prik mavzelarida) bilan shug‘ullangan. Mahallada g‘isht xumdoni (nomi shundan), maktab, 3 masjid, choyxona, baqqollik do‘konlari bo‘lgan (20-asr boshi).

«Sarxumdon» mahallasi (Gulobod dahasi, 86/1) – Shayxontohur tumanidagi hozirgi mahalla. «Gulobod», «Kattahovuz» mahallalari bilan chegaradosh. SHo‘rolar davrida 1975 yilgacha mahalladagi «Qizil tovush» ko‘chasi nomi bilan atalgan. 1975 yil yakka tartibdagi eski uylar buzilib, yangi ko‘p qavatli binolar qurilgach, Gulobod dahasi yuzaga kelgan. 1991 yil 28 aprelda mahalla «Sarxumdon» tarixiy nomi bilan qayta tashkil qilingan. Aholisi 7100 kishi, asosan, o‘zbeklar, shuningdek, boshqa millat vakillari ham yashaydi. Mahalla hududida 36 ta qo‘p qavatli uylar, bolalar bog‘chasi, maxsus internat-maktab joylashgan.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

https://shosh.uz/uz/sarxumdon2/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x