SARROV

SARROVbino va imoratlarning toʻsinlari yoki tom yopmasi yogʻochlari (stropilalari) tagiga qoʻyiladigan uzun toʻsin; sinchli yoki karkasli imoratlarning tepasidagi uzun old toʻsini (q. Sinch). S. uchun diametri 15—30 sm li gʻoʻlalar yoki tomonlari 15×30 sm li toʻrtburchak yogʻochlar tanlanadi. S, odatda, uzunasiga yaxlit boʻladi. Agar imorat uzun boʻlsa, bir necha kalta toʻsinlar birbiriga uchmauch qilib biriktiriladi. Sarrovga toʻsinlar, stropila va tom yopmalari (tunuka, shifer va b.)ning ogʻirligi tushadi. Shuning uchun Sarrovlar baquvvat materialdan qilinadi. Sinchli imoratlarda Sarrov yogochdan, karkasli (metall) binolarda metalldan boʻlishi mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x