SARKOFAG

SARKOFAG (yun. — goʻshtni yutuvchi) , sarqofa — tobut turlaridan biri. Asosan, tosh, marmar, yogʻochdan toʻgʻri toʻrtburchak, baʼzan qayiqsimon qopqoqli qilib yasalgan.

Sarkofagga jasad qoʻyish Qad. Misrda firʼavnlar sulolasi davri (mil. av. 3ming yillik)da keng rasm boʻlib, Suriya, Finikiya orqali Sharqqa, shuningdek, Gretsiya va Rimga tarqalgan. Markaziy va Sharqiy Oltoydagi qad. skif qoʻrgʻonlarini ochish jarayonida yogʻoch gʻoʻladan oʻyib ishlangan Sarkofaglar topilgan. Sarkofagga koʻpincha jasad moʻmiyolab qoʻyilgan. Amir Temur jasadi ham Sarkofagga solingan (bu S Samarqanddagi Oʻzbekiston xalqlari madaniyati va sanʼati tarixi muzeyida saqlanmoqda). Sarkofaglar oʻzining badiiy bezak va suratlari, shuningdek, har xil qad. yozuvlari bilan sanʼat hamda epigrafika yodgorligi sanaladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x