SARI

SARIhind ayollarining milliy kiyimi. Uz. 4,5—9 m, eni 1 m boʻlgan mato. Yoʻl-yoʻl gulli, hoshiyali qilib maxsus toʻqiladi. Sari ichidan kalta yengli kalta kofta kiyiladi. Sarining bir uchi yubkaga mahkamlanib, belga 2-marta aylantirib olinadi, qolgan qismi yelkaga (jamoat joylarida bu qismi boshga sharf kabi) tashlab qoʻyiladi. Hindistonning turli viloyatlarida, shuningdek, aholining turli guruhlarida Sari kiyish usulida ayrim farklar bor. Odatda, Sarining quyi qismi yubkaga oʻxshash, baʼzan uzun yoki kalta ishton tarzida tikiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x