SARHADOBOD

SARHADOBOD (1999-y. gacha Kushka) Turkmanistonning Mari viloyatidagi shahar (1967-y. dan). Sarhadobod tumani markazi. Kushka daryosi vodiysida. Turkmaniston bilan Afgʻoniston savdo yoʻlidagi muhim aholi punkti. Sarhadobod — Mari — Hirot — KandaH°R xalqaro avtomobil traktida. Mari — Sarhadobod yoʻnalishidagi t. y. stansiyasi. Aholisi 11,6 ming kishi (1999). Sarhadobodda mahalliy, oziq-ovqat sanoatlari korxonalari, savdo, madaniy, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, musiqa, umumiy taʼlim maktablari, kutubxona, klub, kasalxona bor.

Sarhadobodning jan. sharqida Turkmanistonning eng jan. chekkasi boʻlgan Qirqqiz (toj. Childuxtaron) mavzesi joylashgan. Shahar yaqinida pista oʻrmon xoʻjaligi va Bodxiz qoʻrikxonasi bor. Sarhadobod 1885-y. da rus mustamlakachilari tomonidan Kushka harbiy istehkomi sifatida bunyod etilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x