Sardor Rahimxon — Sanamjon

Nigohing taftidan bitsam bayotim,
Ko’zingga termulib o’tsa hayotim.
Sen jonim, deganding, jonimni olding,
So’nmas bahorni qalbimga solding.

Oh, bunchalar chiroylisan,
Mani jonim, Sanamjon.
Oh, bunchalar alamlisan,
Mani jonim, Sanamjon. (x2)

Soyangday ergashib yursam har zamon,
Ko’yingda bo’lsamu giryonu nolon.
Sen esa mag’rursan, qayg’u begona,
Men esa hajringda xasta devona.

Oh, bunchalar chiroylisan,
Mani jonim, Sanamjon.
Oh, bunchalar alamlisan,
Mani jonim, Sanamjon. (x2+x2)

Sening isming yetaklasin qo’llarimdan,
Sening vasling sari yetaklasin, jonim.
Faqat bir bor ko’ray,
Diydoringni sog’ingan men bir g’aribni tashlab ketma.

Kerak bo’lsa, ol yuragimni, jonimni ol,
Sensiz hayot kerakmas.
Kulib turgan yuzingni yana bir bora ko’rsam,
Armonim qolmas, sensiz bahorim bo’lmas.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x