Sardor Rahimxon — Hargiz

Shu kun borgum, kut dediyu,
Kelmadi bevafo hargiz. (x2)
Va’da berib ming bora, lek
Qilmadi bir vafo hargiz. (x2)

O’zi avval shaydo etib,
So’ngra o’tga tashlab ketib,
Ming dardga giriftor etib,
Bilmaydi holimni hargiz.
Ming dardga giriftor etib,
Bilmaydi holimni hargiz.

Hargiz, hargiz,
Kelmaydi bevafo hargiz.
Hargiz, hargiz,
Kelmadi bevafo hargiz.

Yurur doim shodu xurram,
Afsonadur man ne desam, (x2)
Sevgimga vafo tilasam,
Tugamadi jafo hargiz. (x2)

Hargiz, hargiz,
Tugamadi jafo hargiz.
Hargiz, hargiz,
Kelmadi bevafo hargiz.

Ishonaman sevadi deb,
Sevgim qadrin biladi deb, (x2)
O’zi izlab keladi deb,
Umid uzmam aslo hargiz. (x2)

Hargiz, hargiz,
Umid uzmam aslo hargiz.
Hargiz, hargiz,
Umid uzmam aslo hargiz.

Shahzoda lol jamolidan,
Gul rashk etib kamolidan, (x2)
Berib xabar visolidan,
Esmadi bir sabo hargiz. (x2)

Hargiz, hargiz,
Esmadi bir sabo hargiz.
Hargiz, hargiz,
Kelmadi bevafo hargiz.

Hargiz, hargiz,
Bilmaydi holimni hargiz.
Hargiz, hargiz,
Kelmadi bevafo hargiz.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x