Sardor Rahimxon — Dunyoni bering bolajonlarga

Nimani ko`rgandi dunyoga kelib?
Ko`rgani zorligu, daryo kabi qon. (x2)
Bolam, degim keldi ko`nglim ezilib, {x2}
Yo`rgagi kafanlik bo`lgan bolajon.

Jangohga aylandi bu kun diyoring,
Qismating ko`z yoshmi, taqdirmi, alam? (x2)
Balki qo`g`irchog`ing kutar diydoring, {x2}
Qo`g`irchog`idan ham umri oz bolam.

Kuzlarda ochilgan lolajonlarga,
Loladan ham mahzun jonajonlarga,
Kulgusi yig`iga ulanmasin hech,
Dunyoni beringlar bolajonlarga. (x2)

Qo`lingga qurolmas, ko`p o`yinchoqlar
Yarashar edi-ku murg`akkina jon. (x2)
Seni zor etganlar tortadi ohlar, {x2}
Bir kuni uvoling tutar, bolajon.

Kuzlarda ochilgan lolajonlarga,
Loladan ham mahzun jonajonlarga,
Kulgusi yig`iga ulanmasin hech,
Dunyoni beringlar bolajonlarga. (x2)

Onangni topolmay sarson-u sargardon,
Munchoq ko`zlaringdan tomchilaydi yosh.
Ohingdan titraydi zamin-u zamon,
Senga oy onadir, otadir quyosh.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x