Sardor Rahimxon — Baxting

Ne uchun qarog’ing g’amli qayg’uli,
Ne uchun quvonching butunmas jonim.
Tiriklik sharbati goho og’uli,
Seni asragayman bordur imkonim,
Seni asragayman bordur imkonim.

Ko’z yosh to’kmagin ey go’zal qushcha,
Sen misoli bir gulg’uncha.
Sochlaring silaydi asta shamol,
Sog’intirmay jonim kelaqol.

Ko’zlaring tubida sir bor qandaydir,
Aytmaysan jilmayib qo’yasan goho.
Dunyoda sirdosh ham bilsang kerakdir,
Dardinga men sherik bo’layin tanho,
Dardinga men sherik bo’layin tanho.

Toki ko’zlaringda quvonch porlasin,
Toki senga qarab qilsinlar havas.
Doimo chorlasin shodligu sevinch,
Baxting butun bo’lsin har dam, har nafas,
Baxting butun bo’lsin…

Ko’z yosh to’kmagin ey go’zal qushcha,
Sen misoli bir gulg’uncha.
Sochlaring silaydi asta shamol,
Sog’intirmay jonim kelaqol.

Ko’z yosh to’kmagin ey go’zal qushcha,
Sen misoli bir gulg’uncha.
Sochlaring silaydi asta shamol,
Sog’intirmay jonim kelaqol.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x