SARANSK

SARANSK — RFdagi shahar (1651-y. dan), Mordva Respublikasi poytaxti (1990-y. dan). Insar daryosi (Volga havzasi)ning chap sohilida. T. y. stansiyasi. Avtomobil yoʻllari tuguni. Aholisi 317,7 ming kishi (1998). Saransk 1641-y. da Rus davlatining jan. sharqqa kengayib borishida chegaradagi qalʼa sifatida vujudga kelgan. 1651-y. dan uyezd shaxri. 1670-y. S. T. Razin qoʻshinlarining tayanch punkti boʻlgan. 1774-y. shaharga Ye. I. Puganeye kirib kelgan. 1801-y. dan Penza gubernyasining uyezd markazi. 1893-y. S. orqali t. y. oʻtgan. Saranskda 1917-y. 5(18) dek. da shoʻrolar hokimiyati oʻrnatilgan. 1928-y. dan S. Mordva milliy okrugi, 1930-y. dan Mordva muxtor viloyati markazi, 1934—90 y. larda Mordva Muxtor Respublikasi, 1990-y. dan Mordva Respublikasi markazi. Mashinasozlik, metallsozlik (shu jumladan, elektrotexnika sanoati, priborsozlik, ekskavator, avtosamosval, televizor va b. ishlab chikarish), kimyofarmatsevtika va kimyo, yengil, oziq-ovqat, qurilish materiallari sanoatlari bor. 2 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, Mordva un-ti), i. t. institutlari, 3 teatr, suratlar galereyasi, oʻlkashunoslik, haykaltarosh S. D. Erzya muzeylari, telemarkaz mavjud. Meʼmoriy yodgorliklardan Ioann Bogoslov cherkovi (17-a. oxiri), gʻishtin palatalar (17-a.) saqlanib qolgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x