Sanobar Rahmonova — Boylandilar

Mening sochim qaro edi,
Qarolarga boylandilar. (x2)
Adolarga, sazolarga,
Jazolarga boylandilar. (x2)

Yetti osmon, yetti iqlim,
Yetti qavat zamin aro, (x2)
Maloyiklar, farishtalar,
Sabolarga boylandilar. (x2)

Tilingning bolimu bilmam,
Yuzingning xolimu yohud, (x2)
Bu ikki hol ila boshim
Balolarga boylandilar. (x2)

Hamma istar bog` ichinda
Faqat bir yor, faqat bir yor.
Hamma yorman dedi, ammo
Xatolarga boylandilar.

Senga jonni qilib qurbon,
Farida Afro`z solur faryod.
Jismu-hoku bu xayridin
Matolarga boylandilar.

Jismu-hoku bu xayridin
Matolarga boylandilar.

Mening sochim qaro edi,
Qarolarga boylandilar.
Adolarga, sazolarga,
Jazolarga boylandilar.

Adolarga, sazolarga,
Jazolarga boylandilar. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x