SANOAT

SANOAT, industriya — xalqxoʻjaligining jamiyat ishlab chikaruvchi kuchlari taraqqiyoti darajasiga hal qiluvchi taʼsir koʻrsatadigan yetakchi tarmogʻi; S. ning oʻzi uchun hamda xalq xoʻjaligining boshqa sohalari uchun mehnat qurollari va b. mahsulotlar i. ch., shuningdek, xom ashyo, yoqilgʻi qazib olish, energiya i. ch., yogʻoch tayyorlash, Sanoatda yoki q. x. da olingan mahsulotlarga ishlov berish va ularni qayta ishlash bilan band korxonalar (fkalar, z-dlar, elektrostansiyalar, shaxtalar, konlar va b.) majmui. Sanoat kengaytirilgan takror ishlab chiqarishnmtt asosini tashkil etadi va industrial oʻsiipsh taʼminlaydi. 20-a. ning 80y. larida qabul qilingan tasniflashga koʻra, Sanoat yiriklashtirilgan 18 tarmoqqa boʻlinadi: elektroenergetika; yoqilgʻi Sanoat i; qora metallurgiya; rangli metallurgiya; kimyo va neft kimyosi S. i; mashinasozlik va metallga ishlov berish; oʻrmon, yogʻochni qayta ishlash va sellyulozaqogʻoz Sanoat i; qurilish materiallari S. i; qurilishkonstruksiyalari va detallari Sanoat i; oyna va chinnifayans Sanoat i; yengil S; oziq-ovqat Sanoat i; mikrobiologiya S. i; unyorma va aralash yem S. i; tibbiyot S. i; poligrafiya S. i. Boʻ sanoat tarmoqlari ham oʻz navbatida — ishlov beruvchi sanoat va undiruvchi sanoat turlariga guruhlanadi.

Sanoatning ijtimoiy i. ch. ning mustaqil tarmogʻi sifatida vujudga kelishi hunarmandchilikning q. x. dan ajralib chiqishi — ikkinchi eng yirik mehnat taqsimoti bilan bogʻliq. Kapitalistik S. Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida 14—15a. larda paydo boʻddi va oddiy kapitalistik kooperatsiya, manufaktura va yirik mashina industriyasi — fabrika bosqichlarini bosib oʻtdi, 18-a. oxiri — 19-a. boshlarida manufakturadan mashina industriyasiga oʻtish dastlab Angliyada, keyinroq boshqa Yevropa mamlakatlarida sanoat toʻntarishi tusini oldi. Rossiya va b. ayrim mamlakatlarda Sanoat 18-a. boshidan manufaktura koʻrinishida rivojlandi, 19-a. ning 2-yarmidan mashina industriyasi taraqqiy etdi.

Oʻzbekiston xududida Sanoat taraqqiyoti ildizini uzoq tarixga ega boʻlgan hunarmandchilik tashkil etgan. Samarqand, Buxoro, Urganch, Toshkent, Qoʻqon, Margʻilon, Namangan, Andijon kabi shaharlarda mayda va yirik hunarmandchilik rivoj topdi. Oʻzbekistonda haqiqiy maʼnodagi Sanoatning paydo boʻlishi 19-a. ning 2-yarmiga toʻgʻri keladi. Oʻrta Osiyoning chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi natijasida oʻlkaga rus sanoatchilari va Rossiya kapitali ham kirib keldi va xom ashyoga birlamchi ishlov beradigan Sanoat tarmoqlari (paxta tozalash, vino, araq, konserva, paxta moyi z-dlari) paydo boʻldi va Oʻzbekistonda S. Rossiya sanoati va iktisodiyoti bilan bogʻliq holda rivojlandi.

1913-y. da Oʻzbekiston xududida yalpi mahsulot i. ch. da ogʻir sanoattmt hissasi 2%ni, metall ishlash 1%ni, yengil sanoat 0,8%ni, oziq-ovqat Sanoati 14%ni tashkil etgan edi. Keyingi salkam 100 yil davomida Oʻzbekiston sanoatida elektroenergetika, gaz, neft, kumir, qora va rangli metallurgiya, q. x. mashinasozligi (traktorlar, paxta terish mashinalari), avtomobilsozlik, kabel, elektronika, paxta tozalash sanoati mashinasozligi, samolyotsozlik, irrigatsiya-qurilish mashinasozligi, kimyo, sement, qurilish materiallari, tibbiyot, yogʻmoy, toʻqimachilik, tikuvchilik, oziq-ovqat va b. sanoat tarmoqdari shakllandi.

20-a. ning 20y. laridan boshlab Oʻzbekistonda Sanoat jahon urushi va fuqarolar urushi natijasida inqirozga uchragan mayda, kustar korxonalarni tiklash asosida rivojlana boshladi. Paxta tozalash z-dlari, pillakashlik, yigiruvtoʻquv, tikuvchilik, poyabzal f-kalari qurila boshladi (q. Yengil sanoat), 1937-y. da Toshkent toʻqimachilik k-ti ishga tushirildi, 20-a. ning 40—50y. laridan kumir sanoati, gaz sanoati, neft sanoati jadal rivojlana boshladi.

1941—45 y. lardagi urush davrida Oʻzbekistonga 90 ta sanoat korxonasi koʻchirib keltirildi, ularning kupi mashinasozlik, asbobsozlik korxonalari edi. Urushdan keyingi yillarda koʻpgina korxonalar qurilishi natijasida mashinasozlik tarmoqlari koʻpaydi, samolyotsozlik, asbobsozlik, motorsozlik, elektroapparat, elektr dvigatel, ekskavator, kompressor z-dlari qurildi. Toshkent, Olmaliq, Chirchiq, Samarqand, Navoiy, Fargʻona, Yangiyoʻl, Namangan, Shoʻrsuv va b. shaharlar kimyo industriyasi markaziga aylandi (q. Kimyo sanoati). Bekobod, Chirchiq, Toshkent sh. da qora metallurgiya, Navoiy, Zarafshon, Olmaliq, Uchquduq sh. lari rangli metallurgiya markazlari hysoblanadi (q. Rangli metallurgiya).

Oʻzbekistonda yoʻlovchi va yuk tashuvchi samolyot ishlab chiqariladi.

Oʻzbekiston davlat mustaqilligiga erishganidan keyin Sanoatda tub islohotlar amalga oshiriddi, koʻpgina tarmoqdardagi Sanoat korxonalari davlat tasarrufidan chiqarildi va xususiylashtirilib, davlataksiyadorlik, korporativ, jamoa, xususiy va b. tashkiliyhuquqiy mulk shakllariga aylantirildi. Respublika iqtisodiyotida muhim oʻrinda turadigan Sanoat tarmoklarida tuzilmaviy qayta tarkiblash amalga oshirildi, koʻplab kichik va oʻrta korxonalar tashkil topdi (2000-y. da 6,4 ming oʻrta, 20,4 ming kichik korxona ishladi). Chet el kapitali bilan hamkorlikda koʻpgina Sanoat tarmoklarida qoʻshma korxonalar tashkil etildi (q. Asaka avtomobil zavodi, «British Ameriken tobakko», «ZarafshonNyumont», «Kabultekstaylz», «Kokakola», «Samkochavto» koʻshma korxonasi va b.). S. tarmoqlariga, ayniqsa, mahalliy xom ashyoni qayta ishlaydigan tarmoklarga chet el investitsiyalarini jalb etish faol davom etmoqda. Respublika sanoatida tarmoklarning tutgan oʻrni har xil. Sanoat tarmoklari orasida q. x. mahsulotlarini qayta ishlovchi va agrosanoat majmuiga xizmat koʻrsatuvchi tarmoqlar tarixan yetakchi mavqega ega. Bular paxta tozalash, shoyi toʻqish, konserva, yogʻmoy va b. sanoat tarmoklaridir. Kimyo va neft kimyosi, mashinasozlik, elektronika, energetika, metallurgiya, yengil va qurilish materiallari sanoati jadal surʼatlarda rivojlanmoqda. Sanoat taraqqiyotida yoqilgʻienergetika kompleksining oʻrni alohida. Uning tarkibiga gaz, kumir, neft va neftni qayta ishlash sanoati, energetika kiradi. Oʻzbekiston jahondagi 10 ta yirik gaz ishlab chiqaruvchi mamlakatlar jumlasiga kiradi.

Oʻzbekistonda Sanoat tarmoklarida mulk shakllarini oʻzgartirish va tarkibiy oʻzgartirishlarni amalga oshirishga qaratilgan tub islohotlar mamlakat mustaqilligini mustahkamlashni, Oʻzbekistonning kelajaqda rivojlangan mamlakatlar qatorga chiqishi va jahon hamjamiyatiga qoʻshilishini taʼminlaydi.

2002-y. da Oʻzbekiston Sanoatda 1467 ta oʻrta va yirik i. ch. birlashmalari va korxonalar ishladi. Bu korxonalarda ishlab chiqarilgan mahsulotlar salmogʻi umumiy i. ch. hajmining 88,5%ni tashkil etdi. 396 dan ortiq nomdagi yangi mahsulotlarni i. ch. oʻzlashtirildi. Davlat korxonalari soni salmogi 4,6%, nodavlat sanoat korxonalari soni 95,4% ni tashkil etdi. Sanoati. ch. xodimlarining 20,5% davlat korxonalarida, 79,5% nodavlat korxonalarida band boʻldi. Sanoat mahsulotlarini i. ch. ning umumiy hajmida davlat korxonalari hissasi 28,6%ni, nodavlat sektor korxonalari hissasi 71,4% dan iborat boʻldi (yana Avtomobil sanoati, Yengil sanoat, Yogʻmoy sanoati, Mashinasozlik sanoati kabi sanoat tarmoklari toʻgʻrisidagi alohida maqolalarga q.).

Chet ellarda Sanoatning rivojlanishi sanoat jihatidan rivojlangan mamlakatlarning paydo boʻlishiga olib keldi. Bu mamlakatlarda iqtisodiyot taraqqiyoti katta hajmda jamgʻarilgan texnika jihatidan ilgʻor kapital asosida va mavjud yuqori malakali ishchi kuchi b-n taʼminlanadi. Ularga AQSH, Kanada, Yaponiya, koʻpgina Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari kiradi.

Ad.: Karimov I. A. Oʻzbekiston XXI asr boʻsagʻasida: xavfsizlikka tahsid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari, T., 1997; Kari mov I. A. Oʻzbekiston XXI asrga intilmoqda, T., 1999; Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyoti, T., 1998; Ekonomika Oʻzbekistana i stran SNG, T., 2001; Oʻzbekiston Respublikasi, T., 2001.

Nuriddin Musayev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x