SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIYA XIZMATI

SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIYA XIZMATI (OʻzR da) — davlat sanitariya-epidemiologiya nazoratiii amalga oshiradigan, sanitariyaprofilaktika va epidemiyaga qarshi choralar ishlab chiqish va ularni amalda tatbiq etish b-n shugʻullanadigan davlat muassasalari tizimi. Oʻzbekistonda sogʻliqni saklash vazirligining davlat sanitariyaepidemiologiya nazorati departamentidan, xududiy sanitariyaepidemiologiya styalaridan, ayrim soha vazirliklari karamovdsagi sanitariyaepidemiologiya xizmatidan tashkil topgan. Xizmatni davlat bosh sanitariya vrachi — OʻzR sogʻliqni saklash vazirining oʻrinbosari boshkaradi. Sanitariya-epidemiologiya xizmatini boshqaruvchi shaxslar epidemiyaga qarshi sanitariya tadbirlarini oʻtkazilishini talab qilish, bajarilishi lozim boʻlgan barcha gigiyenik masalalar yuzasidan tegishli xulosalar berish, isteʼmolga yaroqsiz deb topilgan ozik,ovqat mahsulotlarini yoʻqotish haqida qaror chiqarish va b. huquklarga ega. Shuningdek, ular yuqumli kasallik bilan ogʻrigan kishilarni kasalxonaga yotqizishni, dezinfeksiya oʻtkazilishini taʼminlaydi, zarur hollarda karantin eʼlon qiladi. Sanitariya-epidemiologiya xizmati muassasalari aholini immunlash masalalari bilan ham shugʻullanadi (yana q. Sanitariya-epidemiologiya stansiyasi).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x