SANIDIN (yun. sanidos — taxtacha) — jins hosil qiluvchi mineral, ishqorli dala shpatlarinit turi. (K, Na) [Si3O8]. Kristallari monoklin singoniyali, tarkibida KAlSi3Og 37% dan kam boʻlmagan holatda triklin struktura (yuqori trali albit)ta oʻtib boradi. Shaffof, rangsiz. Kattikligi 6. Zichligi 2600 kg/m3. Moʻrt. Paydo boʻlishi magmatik. Effuziv va gipabissal nordon va ishqorli togʻ jinslarida keng tarqalgan. Sopol buyumlar i. ch. da qoʻllaniladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые