DAVLETMURATOVA

DAVLETMURATOVA Zamira (1955.21.6, Nukus) — Oʻzbekiston xalq artista (1992). Leningrad akademik xoreografiya bilim yurtini tugatgan (1975). 1975-y. dan Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatrida balet artisti. MariyaBoqchasaroy favvorasi») uning sahnadagi ilk obrazidir. Eng yaxshi rollari: Frigiya («Spartak»), Medora («Korsar»), Jizel Oʻ. Davletova. Ubike rolida («Kelin»), («Jizel»), Taxmina («Rustam haqida doston»), Suxani («Sevgi tumori»), Toʻmaris («Toʻmaris»), Xonim qiz («Xonim qiz va bezori»), Odetta-Odiliya («Oqqush koʻli»), Avrora («Uyqudagi goʻzal»), Raymonda («Raymonda»), Layli («Layli va Majnun»), Shirin («Sevgi afsonasi»), Komdi («Ikki dil dostoni»), Shahrizoda («Ming bir kecha») va b.

Davletmuratova ijodi romantik yoʻnalishi, hisʼhayajonga tulaligi, musiqaviyligi, yaratgan obrazlari toʻlaqonliligi, mexr-muhabbat bilan yoʻgʻrilganligi, raqs harakatlari orqali qahramonining ichki va tashqi kechinmalarini tomoshabinga mohirona yetkaza bilishi bilan ajralib turadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x