SANGZOR

SANGZORJizzax viloyatidagi dare. Turkistontogʻ tizmasidagi Guralash dovoni yakinida 3400 m ga yakin balandlikdagi buloklardan boshlanadi va Jizzax sh. dan 70 km shim,gʻarbda, Qizilqum choʻlining jan. sharqiy chekkasidagi Tuzkon koʻliga quyiladi. Uz. 198 km, havzasining mayd. 3220 km2 (togʻliq qismi).

Bosh qismi Guralashsoy nomi bilan ataladi. Kichik Qorashaqshaq qishlogʻi yonida Jontekasoy qoʻshilgandan soʻng u S. nomini oladi. Jizzax sh. dan quyida esa S. Qili nomi bilan maʼlum. Yorgʻoq qishlogʻiga qadar Sangzor Turkiston togʻ tizmasi bilan uning tarmogʻi hisoblangan Molguzar togʻlari oraligʻida keng vodiy boʻylab toshloq, serostona oʻzanda shim. gʻarbga oqadi. Sangzor — kamsuv dare. Uning oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi 4 m3/sek. Jizzax vohasidan oʻtgandan soʻng Sangzorning oʻzani koʻpincha qurib yotadi yoki undan juda oz miqdorda sugʻorishdan ortgan partov suvlar bilan sizot suvlar oqadi. K,or va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Yillik suv miqdorining katta щyemi mart—iyun oylarida oqib oʻtadi, koʻpincha may oyida toʻlib oqadi. Sangzor suvini tartibga solish va undan toʻlaroq foydalanish maqsadida Jizzax suv ombori qurilgan.

Sangzorga 80 dan ortiq soy va jilgʻalar (Xoʻjasoy, Boyqoʻngʻirsoy, Koʻkjarsoy, Oqqoʻrgʻonsoy, Tangatopdisoy, Sutariq, Baxmazarsoy, Navqasoy va b.) qoʻshiladi. Bu soylarning ayrimlari Sangzorga yetmay tugaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x