SAND (Sand) Jorj (taxallusi; asl ism-sharifi Avrora Dyupen) (1804.1.7, Parij — 1876.8.6, Noan, Endr departamenta) — fransuz yozuvchisi. Romanlari («Indiana», 1832; «Valentina», 1832; «Leliya», 1833; «Jak», 1834; «Sayok, shogird», 1840; «Yan Jijka», 1843; «Yosh qizning eʼtirofi», 1864; «Soʻnggi muhabbat», 1867) da ijtimoiy adolat va shaxs erkinligi, xususan, ayollar huquqi masalalari uning ijtimoiyutopik qarashlari bilan uygʻunlashgan.
Fransuz demokrat romanistlari anʼanalarini davom ettirgan Sand 30y. larning oʻrtalaridan boshlab sensimonchilar gʻoyalari, soʻl respublikachilar qarashlari bilan qiziqqan. Uning «Mopra» (1837), «Oras» (184142) romanlari shu ruxda yozilgan. Isyonkor romantizm, milliy ozodlik kurashi pafosi «Konsuelo» (1842—43) romanida oʻz ifodasini topgan. S, shuningdek, «Qor odam» (1858), «Rimlik Jan» (1859) kabi romanlar, «Hayotim tarixi» koʻp jildli memuar ham yozgan (1854-55).