SAN-PAULU

SAN-PAULU — Braziliyaning jan. sharqiy qismidagi shtat. Mayd. 248,8 ming km2. Aholisi 36,6 mln. kishi (2000), 9U% dan ortigʻi shaharliklar. Maʼmuriy markazi — SanPaulu sh. Braziliya yassitogʻligining jan. sharqiy qismida joylashgan. Iklimi tropik, oʻrtacha oylik tralar ichki xududlarda 14—16° dan 22°gacha, sohil qismida 18—26°. Yillik yogʻin 1200—2500 mm. Sernam tropik oʻrmonlar bor. S. P. — mamlakatning iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan shtatlaridan. Mamlakat sanoat mahsulotining 1/2 qismi shu shtatda ishlab chiqariladi. Sanoatining yetakchi tarmoqlari: avtomobilsozlik, elektrotexnika, qogʻozsellyuloza, poʻlat prokati. Oziqovqat, toʻqimachilik, kimyo, farmatsevtika sanoatlari ham rivojlangan. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Foydali qazilmalardan slyuda, kaolin, ohaktosh qazib olinadi. Q. x. da kofe, paxta, shakarqamish, sitrus mevalar, sholi, donli ekinlar ekiladi. Goʻshtsut chorvachiligi, parrandachilik rivojlangan. Baliq ovlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x