SANʼATSHUNOSLIK

SANʼATSHUNOSLIK — keng maʼnoda sanʼatni oʻrganadigan ijtimoiy fanlar majmui; umuman olganda jamiyatning badiiy madaniyatini toʻliq holda va sanʼatning alohida turlari, ularning vujudga kelishi va taraqqiyot qonuniyatlari, oʻziga xosligi va voqelikka munosabati, ijtimoiy ongning tarixdagi roli, ijtimoiy hayot va madaniyatning boshqa jarayonlar bilan aloqasi, badiiy asarning mazmun va shakl bilan bogʻliq barcha masalalari yigʻindisini oʻrganadi. S fani adabiyotshunoslik, muyeщashunoslik, teatrshunoslik, kinoshunoslik, shuningdek, tor va eng koʻp qoʻllaniladigan maʼnodagi S, yaʼni nafis (plastik) yoki fazoviy sanʼatlar hisoblangan meʼmorlik, rang-tasvir, haykaltaroshlik, grafika, amaliy sanʼat, bezak sanʼati kabilarni ham oʻz ichiga oladi. Xususan, tasviriy sanʼat, meʼmorlik, amaliy bezak sanʼatining koʻp jihatlari va dizaynni maxsus oʻrganadi. Plastik sanʼatlar doirasida Sning sanʼat nazariyasi, sanʼat tarixi va badiiy tanqid kabi turlari mavjud. Ular oʻzaro uzviy aloqada boʻlib, har biri oʻzining maxsus vazifasiga ega. Sanʼat nazariyas i nafis sanʼatga nisbatan gʻoyaviy mazmun, badiiy shakl, uslub, ifoda vositalari, sanʼatning tur va janrlariga xos maxsus xususiyatlari va b. masalalarni ularning oʻzaro aloqasida oʻrganadi; shuningdek, umumiy qonuniyatlarni, sanʼat taraqqiyotining obyektiv mantiqi, uning jamiyat bilan munosabati, jamoa va shaxsga nisbatan taʼsirini koʻrib chiqadi. Sanʼat tarixi esa sanʼatning umumiy taraqqiyoti («umumsanʼat tarixi»)ni biror mamlakat yoki alohida davrda oʻrganadi va tadqiq qiladi, sanʼatning biror tur yoki janri, oqimi, yoʻnalishi rivojini, ayrim rassomning ijodiy uslubini taxlil qiladi. Badiiy tanqid zamonaviy badiiy hayotni taxlil qiladi, uning yoʻnalishi, tur va janrlarini, ayrim sanʼat ustalarining ijodi va ularning alohida badiiy asarlarini tekshiradi va baholaydi; sanʼat hodisalarini hayot va ijtimoiy davr ideali bilan qiyoslaydi. Shular asosida Sning asosiy sohalari va adabiy janrlari belgilanadi: nazariy risola, rassomlar uchun qoʻllanma, nazariy va tarixiy, umumiy va maxsus (monografiya) tadqiqotlar, maqola va nutqlar, tanqidiy umumlashmalar shular jumlasidan. Sanʼatshunoslik jamiyatshunoslik va qator aniq fanlar uslubidan foydalanadi; shuningdek, badiiy ijod tadqiqot obyekti boʻlganligi tufayli uni estetik baholash, muayayn davr uslubi yoki sanʼatshunosning shu jarayonlar bilan bogʻliq individual didi haqida mulohaza yuritadi. Sning ilmiy faoliyati keng va xilmaxil: oʻrganilayotgan soha boʻyicha aniq dalillarni toʻplash, ularni atroflicha oʻrganish va umumlashtirish; sanʼat yodgorliklarini ekspeditsiyalar yordamida ochish, taʼmirlash turlari; yodgorliklarni aniklash, roʻyxatga olish va tartibga solish; rassom va uning asarlari haqida maʼlumot toʻplash, ilmiy muzeylar katalogini tuzish, biografik va b. maʼlumotnomalar yaratish, rassomlar adabiy merosi (esdalik, xat, makrlalar va b.)ni nashr qilish kabilar kiradi. Sning ijtimoiy ahamiyati uning xulosa va yakunlarining ilmiy ahamiyati bilan birga sanʼatni ommalashtirish va tashviq qilish (ilmiy ommabop adabiyotlar, maʼruza, ekskursiyalar uyushtirish), keng kitobxonlarni sanʼat asariga jalb qilish va uni tushuntirishi bilan belgilanadi. Sanʼatshunoslik zamonaviy estetik tamoyillar miqyosida va badiiy meros sohasida u yoki bu baholash tizimini belgilashi bilan oʻz zamonasining ijodiy jarayoniga chuqur taʼsir koʻrsatadi.

Sanʼatshunoslik fan sifatida 16—19-a. lar mobaynida shakllangan. Bunga qadar, falsafiy, diniy va b. fanlar tarkibida yoki ayrim maʼlumot, qoʻllanmalar bayoni koʻrinishida boʻlgan. Ilk namunalari Yunoniston (Aristotel, Platon, mil. av. 4-a.), Qad. Rim (Sitseron, Vitruviy, mil. av. 1 — mil. 1-a.), Osiyo mamlakatlarida sanʼat nazariyasi va tarixining kuplab holatlari bayon kilingan yaxlit va universal koʻrinishdagi risolalar bitilgan. Ularda meʼmor va rassomlarga ayrim qoʻllanmalar, diniy mifologik afsonalar falsafiy, axloqiy va b. tasavvurlar, sanʼat tarixi elementlari qoʻshilgan holda bayon qilingan. Sharqda oʻrta asrlarda yaratilgan risolalarda tajribali musavvir va xattotlarning tavsiyanomalari, islom aqidalari va maʼrifiy insonparvarlik anʼanalari jamlangan (Sultonali Mashhadiy, Doʻst Muhammad, 16-a.), S. ning fan sifatida shakllanishida Uygʻonish davri muhim bosqich boʻddi (L. Giberti, L. Alberti, Leonardo da Vinchi, A. Dyurer va b.), maʼrifatchilik davrida mustaqil fan sifatida ajralib chiqa boshladi (fransuz D. Didro, nemis G. Lessing va b.).

Oʻzbekistonda Sanʼatshunoslik fan sifatida 20-a. 20y. laridan shakllandi. Dastlab badiiy tanqidchilik jadal rivojlandi; 40y. lardan milliy madaniyat va uning merosiga eʼtibor kuchaydi, sanʼatda vatanparvarlik goyalari oʻz ifodasini topdi. 50—80y. larda dolzarb masalalar, realistik kup qirrali izlanishlarga keng yoʻl ochildi (B. Nikiforov, L. Jadova, S. Krukovskaya, M. Myuns, A. Umarov, R. Toqtosh, D. Faxretdinova, T. Maxmudov, L. Shostko, A. Hakimov, N. Abdullayev va b.). Oʻzbekiston BA Sanʼatshunoslik institutida tarixchisanʼatshunoslar tomonidan qad. va oʻrta asrlar sanʼatining yangiyangi qatlamlari oʻrganilmoqda (G. Pugachenkova, L. Rempel, P. Zoxidov, Sh. Toshxoʻjayev va b.).

Abduvali Egamberdiyev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x