SAMOʼ

SAMOʼ (arab. — eshitmoq, tinglamoq) — 1) musulmon madaniyatida shogirdlarning hadis va b. diniy asarlarni oʻzlashtirish yoʻli, ularni yozuv matnga qarab emas, balkim murshidlardan eshitib olib yodlash usuli;

2) 9-a. dan sufiylarning diniy gʻazallarni ohangga solib oʻqish uslubi;

3) (zikru Samoʼ) — Oʻrta va Yaqin Sharqsa shasavvuf mazmunidagi asarlarni musiqiy, baʼzida esa (mas, Jaloliddin Rumiy asos solgan mavlaviya tariqatida va b. da) tana harakatlari vositasida ham ijro etish anʼanasi. 9—10-a. larda shakllangan boʻlib, keyinchalik deyarli barcha tariqat (qodiriya, kubroviya, yassaviya, naqshbandiya va b.)da turli koʻrinishlarda keng tarqalgan. Samoʼ amaliyotida musiqiy cholgʻular (tanbur, dutor, rubob, nay, chang, ud va b.) bilan birgalikda oʻyin usullari («chorzarb», «samoiy», «yak qars», «besh qars» va h. k.) ham jalb qilingan. 18—19-a. larda S anʼanalari zikr, kashta ashula (xonaqoiy, haqqoniy), katta oʻyin turkumlar tarkibiga, turk maqamlarchgg. («Ogʻir Samoiy», «Yuruk Samoiy», «Soz Samoiysi»), arab mumtoz musiqasi («Samoy darj», «Samoy bashraf» va b.) ga singib ketgan. Samoʼ masalalari Gʻazoliy, Kalobodiy Buxoriy, Xujviriy va b. tasavvuf nazariyotchilari asarlarining alohida bob va fasllarida batafsil sharhlangan.

Abdumannon Nazarov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x