SAMARQAND SINO AKSIYADORLIK JAMIYATI

SAMARQAND «SINO» AKSIYADORLIK JAMIYATImashinasozlik sanoati korxonasi. Maishiy sovitkichlar va muzlatkichlar, konditsionerlar va b. mahsulotlar ishlab chiqaradi. Dastlab korxona «Samarqand sovitkichlar zavodi» nomi bilan 1973-y. dek. da ishga tushirilgan. 1974-y. dan KSH180 tipidagi «Samarqand» roʻzgʻor sovitkichlari ishlab chiqara boshladi. 1985-y. dan «Snejinka», 1991-y. dan «Sino» rusumli sovitkichlarni i. ch. oʻzlashtirildi. 1994-y. dan hozirgi nomda. 2002-y. dan «Parvina» kompaniyasi bilan hamkorlikda korxonani qayta qurish ishlari amalga oshirildi, korxonada 18 turdagi sovitkichlarni ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Korxona Italiyadagi «Konnoy», «Galileo» kompaniyalarining eng zamonaviy texnologiyalari bilan jihozlangan. Korxonada yillik kuvvati 250 ming dona sovitkich, shuningdek, konditsionerlar ham ishlab chiqariladi. Mahsulotlari chet elga eksport qilinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x