SAMARQAND SHAROB KOMBINATI

SAMARQAND SHAROB KOMBINATI (Samarqand vino zavodi) — vinoarak, sanoatining eng yirik korxonalaridan biri. «Oʻzmevasabzavotuzum sanoatxolding» kompaniyasi tarkibiga kiradi. Xeres va Madera tipidagi markali uzum vinolari, balzamlar, konyaklar va konyak ichimliklari, likyoraraq mahsulotlari, etil spirti va b. ishlab chiqaradi.

Korxona tarixi 1868-y. da isteʼfodagi rus ofitseri D. L. Filatov tomonidan kichik vino z-di qurilib, mahalliy uzum navlaridan vino mahsulotlari ishlab chiqarilgan davrdan boshlanadi. 1919-y. da barcha vino z-dlari, shu jumladan, Filatovning vino z-di ham davlat tasarrufiga olingan, 1922-y. dan 1sonli vino z-di sifatida «Turkvino» (1926-y. dan «Oʻzbekvino») davlat tresti tarkibiga kirgan. Oʻsha davrda i. ch. quvvati 60 ming dekalitrga yetgan. 1940-y. da zdga prof. M. A. Xovrenko nomi berilgan. 1981-y. da vino k-tiga aylantiriddi. 1994-y. dan ochiq turdagi aksiyad orlik jamiyati. Samarqand viloyat tumanlarida vino tayyorlash punktlariga ega. Korxonada ishlab chiqarilgan «Tillakori», «Samarqand», «Afrosiyob», «Sugʻdiyona» konyaklari, «Samarqand» balzami, «Oʻzbekiston» portveyni, «Vermut», «Gʻoʻlakandoz», «Bogʻi maydon», «Bogʻi Shohrux» oshxona, desert vinolari xalqaro yarmarkalarda oltin va kumush medallar olgan. 2002-y. da 302 ming dal uzum vinosi, 49 ming dal konyak, 5 ming dal likerarak mahsulotlari, 17 ming dal rektifikatsiyalangan spirt mahsulotlari ishlab chiqarildi, 553 ming dal vinokonyak mahsulotlari eksport qilindi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x