SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI — xizmat koʻrsatish sohasi tarmoqlari iqtisodiyoti va uni tashkil etish boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. OʻzR Vazirlar Mahkamasining 2004-y. 26-martdagi «Samarqand iqtisodiyot va servis institutini tashkil etish toʻgʻrisida»gi qarori bilan Samarqand kooperativ instituti negizida tashkil etilgan (mazkur in-t 1931-y. da Toshkent sh. da tashkil etilgan; 1935-y. da Samarqand sh. ga koʻchirilgan). Intda menejment va marketing masalalari boʻyicha ixtisoslashgan iqtisodiyot; xalqaro turizm, turizm menejmenti, turizm boʻyicha operatorlik xizmatlari biznesi; xizmat koʻrsatish sohasi tarmoklari iqtisodiyoti va uni tashkil etish; moliya; bank va sugʻurta xizmatlari sohasini tashkil etish va boshqarish boʻyicha yuqori malakali bakalavrlar va magistrlar tayyorlaydi, sohaga oid ilmchy tadqiqot ishlarini olib boradi, ilmiy va pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish vazifalarini bajaradi.
Int yoʻnalishi boʻyicha dissertatsiyalarda asosiy soha mutaxassislariga doir dissertatsiyalar himoya qilish boʻyicha ixtisoslashtirilgan ilmiy kengash bor.