SAMARQAND DAVLAT ChET TILLAR INSTITUTI

SAMARQAND DAVLAT ChET TILLAR INSTITUTI (SamDCHTI) romangerman va koreys filologiyasi boʻyicha pedagogmutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan oliy oʻquv yurti. Int Samarqand davlat un-ti bazasida 1994-y. da tashkil topgan. SamDUda faoliyat koʻrsatgan kafedralar (ingliz, fransuz, nemis tillari) birlashtirilib, avval oʻzbek filologiyasi fti qoshida boʻlim, 1962-y. dan esa romangerman filologiyasi fti tashkil etildi. 1962—94 y. lar mobaynida ft respublikamizning yirik oʻquv, ilmiyuslubiy markaziga aylandi. SamDCHTI da kichik, katta kurslar ingliz filologiyasi, fransuz, nemis va koreys filologiyasi ftlarida 2003—04 oʻquv yilida 240 oʻqituvchi (jumladan, 10 fan d-ri, 5 prof. va 40 fan nomzodi va dotsentlar) 1800 talabaga dars bermoqda. Intda, shuningdek, italyan, yapon, turk, arab tillari ham oʻqitiladi.

In-tda frazeologiya, leksikografiya, qiyosiy tipologiya, lingvodidaktika kabi filol. tarmoklari keng rivojlangan. Oʻtgan 10 yil ichida In-tda koʻplab ilmiy asarlar yaratiddi. Chunonchi, «Til va jamiyat», «Xorijiy tillar hozirgi dunyoda: Taʼlim metodikasining tadrijiy taraqqiyoti», «Kontrastiv leksikografiya nazariyasi asoslari» va b. Shuningdek, In-tda «Xorijiy filologiya» (til, adabiyot, taʼlim) jur. nashr etiladi.

Ibodulla Mirzayev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x