SAMARIY

SAMARIY (lot. Samarium) , Sm — Mendeleyev davriy sistemasining III guruhiga mansub kimyoviy element. Lantanoidlarga kiradi. Tartib raqami 62, at. m. 150,36. S. — kumush kabi oq metall, suyukdanish t-rasi 1072°, zichligi 7,54 g/ sm3. Ilk bor 1879-y. da Uralda topilgan samarskit mineralidan ajratib olingan. l49Sm izotopi yadrosi sust neytronlarni oʻta kuchli yutish xususiyatiga ega boʻlganligi sababli Samariy yadro reaktorlarining moslovchi oʻzaklarida ishlatiladi. Samariyning kobalt bilan intermetall birikmasi SmCo5 acosida juda quvvatli oʻzgarmas magnitlar tayyorlash mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x