SALOR

SALORToshkent viloyati Qibray tumanidagi shaharcha (1978-y. dan). Tumanning shim. gʻarbida joylashgan. Mayd. 1600 ga. Aholisi 26 ming kishidan ziyod (2004). Salorda 18 sanoat korxonasi bor, shuningdek, turli mahsulot beruvchi 151 kichik va oʻrta korxonalar ham mavjud. Bulardan: «Oʻzenergiyataʼminot», «Oʻzenergiyataʼmir», avtotransport birlashmasi, Sharqiy issiqlik izolyatsiyasi, Toshkent issiklik elektrostansiyasi, «Rohat» aksiyadorlik jamiyati, Toshkent konserva k-ti, Limonchilik shirkati, Seleksiya tajriba xoʻjaliklari, «Buyuk Turon» xususiy korxonasi, Yalangʻoch gʻisht z-di, yengil, qurilish sanoati korxonalari ishlab turibdi. «SeroKO» Oʻzbekiston — Koreya, «SMAK» Oʻzbekiston—Rossiya va «Imkon plyus» Oʻzbekiston — Germaniya qoʻshma korxonalari faoliyat koʻrsatadi. 45 savdo, 40 maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi mavjud. 5 umumiy taʼlim maktabi, 2 kasb-hunar kolleji, 2 akademik litsey, Toshkent agrar un-ti, Oʻzbekiston gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchilik, Oʻsimliklarni himoya qilish i. t. intlari, 3 kutubxona, 3 stadion, 1 tennis korti bor. Respublika bolalar ortopediya, poliyemiyelit, Toshkent pediatriya in-ti klinik kasalxonalari, viloyat narkologiya markazi, sil kasalliklari kasalxonasi: 2hududiy poliklinika, 2 qishloq vrachlik ambulatoriyasi bor.

Salor hududidan Toshkent—May qishlogʻi, Toshkent—Chirchiq avtomagistralari, Xoʻjakent t. y. oʻtadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x