Salohiddin Azizboyev — Gunohimmi yolg’izim

Gullar ichra tanlaganim, sevganim
Gunohimmi, gunohimmi, yolg`izim? (x2)
Yaprog`idan shabnam tobda o`pganim
Gunohimmi, gunohimmi, yolg`izim?

Ko`ngling ko`chasidan kuylar izladim,
Saroylarga tushmas bo`ldi izlarim,
Mehr to`la ma’yus mening ko`zlarim
Gunohimmi, gunohimmi, yolg`izim?

Mehr to`la ma’yus mening ko`zlarim
Gunohimmi, gunohimmi, yolg`izim?

Oh, bir qayrilsang, kuning o`tmay qolarmu?
Odam odamdan shunday ham o`ch olarmu?
G`arib holim seni o`yga solarmu?
Gunohimmi, gunohimmi, yolg`izim?

G`arib holim seni o`yga solarmu?
Gunohimmi, gunohimmi, yolg`izim?

Baxt so`rdingmi, taxt so`rdingmi Ollohdan?
Oh, tush ko`rdingmi ayvonlari tillodan? (x2)
Davlat so`rmay, so`rganim Xudodan –
Gunohimmi, gunohimmi, yolg`izim?

To`ying o`tsa, tong otguncha to`lg`onsam,
To`yxonada gulxan yonsa – men yonsam,
Gar unutsang, unutolmay o`rtansam
Gunohimmi, gunohimmi, yolg`izim?

Gar unutsang, unutolmay o`rtansam
Gunohimmi, gunohimmi, yolg`izim? {x2}

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x