SALLA (fors. — tugun) — musulmon erkaklarning bosh kiyimi. Sidirgʻa (oq, yashil, kulrang va b.) mato (asosan, doka) dan tayyorlanadi, eni 0,5 m, uz. 1,5 — 3 m dan 7 m gacha oʻlchamda boʻladi. Sallani doʻppi, kuloh, telpak ustidan, ayrim joylar (Hindiston, Pokiston va b.)da bosh kiyimsiz yalang boshga oʻraladi. Shoh, vazir, amaldorlarning unvoni va lavozimiga qarab Sallaga qimmatbaho toshlar (gavhar, yoqut va b.), ukpar ham taqilgan. Sallaning oʻramlar soni va oʻralish usuli, matosi liniy mazhablarni hamda kishilarning ijtimoiy mansubligini bildirgan (mas, sayd, hojilar yashil rangli Salla uragan).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые