SALOR GES

SALOR GES — Oʻzbekistonda dastlabki qurilgan gidroelektr st-yalaridan biri. ChirchiqBoʻzsuv suvenergetika traktida Toshkent viloyati Qibray tumanida qurilgan, 1944-y. ning mart oyida qurilishi tugallagan. Asosan, hashar yoʻli bilan barpo etilgan. «Oʻzbekenergiya» davlataksiyadorlik kompaniyasining «Qodriya GESlar kaskadi» shoʻba korxonasi tarkibida. 11,2 MVt kuvvatli bir agregat oʻrnatilgan. Elektr energiyasi 35 kV kuchlanishda uzatiladi. 2003-y. da 73 mln. kVtsoat elektr energiyasi ishlab chiqardi. GES Toshkent sanoat korxonalari, shahar transporta va aholini elektr energiyasi bilan taʼminlashda ahamiyatga ega. Hozir GES toʻla avtomatlashtirilgan, yagona dispetcherlik punktidan boshqariladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x