SAKSOFON

SAKSOFON (ing. saxophone) — puflama tilchali musiqa cholgʻu asbobi. Belgiyalik musiqa cholgʻulari ustasi A. Saks ixtiro kilgani (1841) uchun uning nomi bilan atalgan. Turli (jez, rux va b.) metallar qorishmasidan tayyorlanadi. Mundshtugi yakka tilli. Chalgʻichbarmoq teshiklari klapanlar bilan berkitiladi. Asosan, 7 turi (sopraninodan kontrabasgacha) mavjud. Yorkin, kuchli va shirali tovushi, keng texnik (virtuoz) imkoniyatlarga ega boʻlgan Saksofon jaz musikasida asosiy cholgʻulardan hisoblanadi. Puflama sozlar orkestri, estrada orkestri, baʼzida simfonik va opera orkestrlari tarkibiga kiradi. Yakkanavoz konsert musiqa cholgʻusi sifatida ham foydalanilmoqda (K. Debyussi, Rapsodiya; A. Glazunov, Saksofon va torli orkestr uchun konsert va b.).

Oʻzbekistonga 19-a. ning oxirgi choragida rus harbiy orkestrlari bilan birga kirib keldi. Hozirda Oʻzbekiston Qurolli Kuchlar orkestrlari, turli estrada orkestr va ansambllari tarkibidan oʻrin olgan. 1990-y. Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida, keyinchalik, musiqa kollejlarida Saksofon sinfi ochilgan. Sh. Esonboyev, B. Shukurov, Yu. Jivayev, B. Murtazoyev, Yu. Gulzarov kabi Saksofon ijrochilari tanilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x