SAIDJONOV Muxtorjon Yoʻldoshevich

SAIDJONOV Muxtorjon Yoʻldoshevich (1893, Buxoro 1937.25.10, Toshkent) — Buxoroda jadidchilik xarakatining namoyandasi, siyosat va jamoat arbobi. Buxoro madrasalarida tahsil olgan. Yosh buxoroliklar partiyasi MK aʼzosi (1917-y. dan). Kolesov voqeasiaan soʻng, Yosh buxoroliklardan ajralyb chiqqan. BXSR ichki ishlar noziri (1920-y. sent. — 1921-y. may; 1922-y. mart 1923-y. avg.), davlat nazorati noziri (1920-y. noyab. 1921-y. may), BXSRning RSFSR hukumati huzuridagi maxsus vakili (1921-y. may — 1922-y. mart), BXSR MIK masʼul kotibi (1923-y. avg. — 1924-y. okt.). «Milliy ittihod» tashkilotining Buxoro shoʻbasida faoliyat koʻrsatgan (1920— 22). Oʻrta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish oʻtkazilgach, Zarafshon okrug ijroiya qoʻmitasi raisi (1925). «Oʻn sakkizlar guruhi»ning faol ishtirokchisi sifatida VKP (b) MK Oʻrta Osiyo byurosining Oʻzbekistondagi faoliyatini keskin qoralaganligi uchun 1925-y. oxirida lavozimidan olib tashlandi. Keyinchalik «Oʻzbekkino» tresti boshqaruvchisi (1936-y. gacha). Saidjonov sovet rejimi tomonidan qamoqqa olinib (1937-y. 20-mart), akasi Musojon Saidjonov va buxorolik boshka milliy rahbarlar bilan birgalikda (jami 17 kishi) otib tashlangan. 1965-y. 2 dek. da oqlangan.

Ad.: Xoʻjayev F., Buxoro inqilobining tarixiga materiallar, T., 1997; Ergashev B. X., Ideologiya natsionalnoosvoboditelnogo dvijeniya v Buxarskom emirate, T., 1991; Rajabov K,., Buxoroga kizil armiya bosqini va unga qarshi kurash, T., 2002.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x