SAID OTA MASJIDI — Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi meʼmoriy yodgorlik (1766). Masjid usti yopiqhovli (14,0×7,0 m), xonaqoh (7,0×7,0 m), ayvon va unga kiraverishdagi qoʻshimcha xonalar (qorovulxona, otxona va b.)dan iborat. Masjid oldini qator ustunli ayvonlar egallagan. Hovli markazida quduq saqlangan. Xonaqoh gumbaz tomli, gumbaz asosiga gʻishtin sharafalar, ostki qismiga 8 ta ravokdi deraza ishlangan. Said ota masjidi bezaksiz, yogʻoch oʻymakorligida bezatilgan ustun, eshik va deraʻzalar diqqatga sazovor. Darvozadagi arab yozuvlari orasida masjidning qurilgan yili qayd etilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые