SAID AHMADXOʻJA MADRASASI

SAID AHMADXOʻJA MADRASASI — Margʻilondagi meʼmoriy yodgorlik (19-a. oxiri). Madrasa tarhi 42,3X44,0 m. Hovli (31,6×28,4 m) shim. sharqiy va jan. tomondan hujralar b-n, gʻarbdan qoʻsh sinchli, oldi ayvonli masjid bilan oʻralgan. Hovli oʻrtasidan eni 1,5 m ariq oʻtgan. Ariq yaqinida keksa chinor qad koʻtargan. Madrasa tashqi tomondan tekis boʻlsada, lekin hovli tomondan qurilgan kungurador devorlar bilan ajratib ishlangan qator mehrobiy ravoqlar hujralarni yanada salobatliroq koʻrsatadi. Xonaqoh (14×7 m) tutash xarilar bilan yopilgan, shifti qizil va yashil chiziqlar bilan ajratilib, orasiga gullar va chirmashgan novdalar tasviri ishlangan. Toqi va toʻsinlardagi gul naqshlar maydaroq, xona devori ganchdan zanjira hamda «qirma» uslubidagi araqi sarrov b-n bezatilgan. 1985-y. da taʼmirlangan.

5 1 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x