SAFOIL

SAFOIL, sapai — urma cholgʻu asbobi, ikkita tayoqchaga boʻsh qilib oʻrnatilgan temir halqalarga kichik halqachalar kiygizilgan shakildok. Ijrochi Safoilni yelkasiga salgina urib olish va siltash yoʻli bilan muayyan usullarni ijro etadi. Asosan, uygʻur, kisman boshka Oʻrta Osiyo xalqlarida tarqalgan. Oʻzbek xalqi orasida mashhur uygʻurcha raqs kuylarida keng qoʻllanilgan. Oʻtmishda Safoil darvishlarning joʻrnavoz cholgʻularidan boʻlgan. Safoil milliy ansambllar va xalq cholgʻu asboblari orkestrlarida ham foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x