SAFIUDDIN al-URMAVIY

SAFIUDDIN al-URMAVIY, Safiuddin Abdulmoʻmin bin Yusuf alUrmaviy (1215, Eron Ozarbayjoni, Urmiiya — 1294, Bagʻdod) — Sharq musiqa nazariyotchisi, bastakor, sozanda va xonanda. Safiuddin al-urmaviy alU. Bagʻdodda vafot etganligi sababli Gʻarb olimlari alBagʻdodiy deb ham yuritadilar. Mahmud ashSheroziyning yozishicha, oʻz zamonasining Sharq musiqa nazariyasi boʻyicha tengsiz olimi boʻlgan. Uning «Kuy yaratishga doir Sharafiya (Sharafuddin) risolasi» («Risolat ushSharafiyya finnisbatittaʼlifiyya»), «Musiqa va ritm doiralari kitobi» («Kitob uladvor») asarlari Sharq musiqa nazariyasi taraqqiyoti tarixida alohida oʻrin tutadi. Safiuddin al-urmaviy alU. bu risolalarida Oʻn imey maqom, olti ovoza, 24 shoʻba va usul doira (turkum)larini birinchi boʻlib yaxlit tizimga solib oʻrganib chikdi. Shuningdek, mazkur asarlarida nagʻma hosil etiladigan manbalar, boʻdl&r, jinslar, jamlar, alhon, cholgʻu asboblar, iyqo masalalarini tahlil qilgan. Safiuddin al-urmaviy alU. nazariy qarashlarini, musiqa ijrosiga doir fikrlarini isbotlash uchun Sharq xalqlari kuylaridan 2 tasini jadvallashtirib, dastlabki nota yozuvlarini ixtiro qilgan. Safiuddin al-urmaviy alU. ning musiqaga doir risolalari Sharq xalqlari, jumladan, Oʻrta Osiyo xalqlari musiqa madaniyatida alohida oʻrin egallaydi. Uning ikkala kitobini fransuz olimi D. R. Erlanje fransuz tiliga tarjima qilib, nashr ettirgan.

Ad.: Rajabov I., Maqomlar masalasiga doir, T., 1963.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x