RUS-YAPON URUSHI (1904-1905) — Uzoq Sharqda hukmronlikni qoʻlga olish uchun Rossiya bilan Yaponiya oʻrtasidagi urush. Koreya va Xitoyni boʻlib olishga intilgan davlatlar oʻrtasidagi kurash natijasida kelib chiqqan. Yaponiya tomonidan boshlangan. 1904-y. dagi asosiy voqealar: yapon flotining PortArturga hujumi; PortArtur mudofaasi, Rossiyaning Yalu, Lyaoyan, Shaxe daryolaridagi janglarda yengilishi; 1905-y. dagi voqealar: Mukdenda rus armiyasi, Susimada rus flotining tormor etilishi. Urush AQSH vositachiligida Portsmut sulh shartnomasi (1905.18.5) bilan yakunlangan. Shartnomaga binoan, Rossiya Koreyani Yaponiyaning taʼsir doirasida deb eʼtirof qilgan, Saxalinning jan. qismi Yaponiyaga oʻtgan. Yaponiya Lyaodun ya. o. dan (PortArtur va Dalniy bilan birga) ijaraga foydalanish huquqini olgan. Rossiya uchun ogʻir magʻlubiyat, katta kurbonlar olib kelgan. Rus-yapon urushi 1905—07 y. lar inqilobi boshlanishini tezlashtirgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые