RUMINLAR

RUMINLAR (oʻzlarini — romanlar deb atashadi; lot. romanus — «rimlik» dan) — xalq, Ruminiyaning asosiy aholisi (20,55 mln. kishi). Umumiy soni 21 mln. kishi (1990-y. lar oʻrtalari), jumladan, Rossiya Federatsiyasida 6 mingga yaqin kishi. Rumin tilida soʻzlashadi. Dindorlari — asosan, pravoslavlar. Rumin xalqining shakllanishida sobiq Qad. Rim imperiyasining provinsiyalari (viloyatlari) Dakiya va Myoziyada yashagan va Rim hukmronligi davrida (106—271-y. lar) romanlashgan kabilalar (dakiyaliklar, getlar va b.), shuningdek, romanlashmagan erkin dakiyaliklar va 6-a. dan slavyanlar qatnashganlar. 10-a. dan Vizantiya, slavyan, soʻngra venger tarixiy manbalarida Ruminlar «vlaxlar», «voloxlar» nomi b-n qayd etilgan. 1862-y. yagona Ruminiya davlati barpo etilgan. Axrlisining asosiy qismi q. x. va sanoat korxonalarida band.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x