RUDAKIY

RUDAKIY Abu Abdullo Jaʼfar (858, hoz. Tojikiston Respublikam Panjakent tumani Panjrudak qishlogʻi — 941) — forstojik shoiri. Forstojik sheʼriyati asoschilaridan biri. Yoshligidan sheʼriyat va musiqaga ixlos qoʻygan, adabiyotni, arab tilini oʻrgangan. Zamonasining mashhur cholguchisi Abul Abbos Baxtiyordan musiqa boʻyicha taʼlim olgan; barbat, chang, ud, rud kabi cholgʻu asboblarini chalishni oʻrgangan. Rudakiyning sheʼriyat va musiqadagi mahoratini eshitgan Buxoro hokimi Nasr ibn Ahmad Somoniy uni saroyga taklif etgan. R. Buxoroda vazir Abul Fazl Balʼamiy homiyligida ijod qilib, sanʼatda katta obroʻ qozongan. Rudakiy 40 yil saroyda shoirlarga boshchilik qilgan. Uning tugʻma koʻr boʻlganligi haqida naqllar bor. Aslida saroydagi igvo va fitnalar tufayli dushmanlari Rudakiyning koʻzlariga mil tortib koʻr qilgan, mol-mulkini talab, oʻzini Buxorodan badargʻa qilishga erishganlar. Qarigan chogʻida Rudakiy uz qishlogʻiga qaytib, faqirlikda umr kechirgan.

Manbalarda Rudakiy sheʼriyati 100 000 baytdan iboratligi qayd etilgan. Pekin bizga qadar uning 1000 bayt asari (2 qasida, 50 ruboiy, sheʼr va dostonlari) yetib kelgan. R. Movarounnahrda oʻz sheʼrlaridan devon tuzgan ilk shoir hisoblanadi. «Boʻi joʻi Moʻliyon oyad hame» («Moʻliyon arigʻining isi kelmoqdadir») misrasi bilan boshlanadigan gʻazali unga favqulodda shuhrat keltirgan. Unga 120 shoir tazmin bitgan, lekin birortasi Rudakiy darajasiga koʻtarila olmagan. «Modari may» («Mayning onasi») qasidasi ham mashhur. Rudakiy forstojik sheʼriyatining deyarli barcha shakllarini ishlab bergan. Sheʼrlari gʻazal, ruboiy, qasida, madhiya, marsiya, pandu hikmat, hasbi hol, mazammat, hajv hamda chistoy janrlarida yozilgan. «Sindbodnoma» (933), «Qarilikdan shikoyat» avtobiografik asarlari tuda holda, «Kalila va Dimna», «Davroni falak» va b. bir necha masnaviylaridan parchalar yetib kelgan. Kdd. manbalarda Rudakiyning «Aroisannafois» («Nafis kurtaklar») dostoni boʻlganligi haqida maʼlumotlar uchraydi. Rudakiy va uning izdoshlari forsiy sheʼriyatda bir necha asr hukmronlik qilgan Xuroson (yoki Turkiston) uslubiga asos solib, uni rivojlantirganlar.

Rudakiy aruzni chuqur oʻrganib, uni xalq orasida keng tarqalgan qoʻshiklarga tatbiq qilish natijasida 9 ta yangi vaznlar kashf etgan. Ularning koʻpchiligi xalq qoʻshiklarining barmoq vaznlari asosida tuzilgan. Rudakiy ruboiylari janrning barcha talablariga javob beradigan dastlabki ruboiylardandir.

Dunyoning tuzilishi, hayot hodisalari, inson feʼlatvori, xattiharakatlari haqida falsafiy xulosalar chiqarish, pandnasihat shoir sheʼriyatining yetakchi xususiyati hisoblanadi. Rudakiy ishqu muhabbatni xam baland pardalarda kuylagan, dunyoviy sevgini ulugʻlagan. U peyzaj lirikasining ham ustalaridan. Dunyo, zamon, inson mavzusi, turli illatlardan shikoyat motivlari ham Rudakiy ijodida, xususan, umrining oxirida yaratgan sheʼrlarida koʻp uchraydi. Sheʼrlari Munirxon Muinzoda (1957) va Sh. Shomuhamedov (1988, 1994) tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Shoir haqida «Rudakiy» dramasi va «Shoirning qismati» kinofilmi yaratilgan. Rudakiy nomida Tojikiston Davlat mukofoti taʼsis etilgan.

As: Rudakiy, T., 1957; Injular ummoni, T., 1988.

Ad., Abdurahmon Jomiy, Bahoriston, T., 1997; Davlatshoh Samarqandiy, Shoirlar boʻstoni, T., 1981; Ayniy S, Asarlar, 8j., T., 1967; Shomuhamedov Sh., Odamiylik inshosi, T., 1984.

Ergash Ochilov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x