RUBLYOV

RUBLYOV Andrey (taxm. 1360— 13701427, baʼzi manbalarga koʻra, taxm. 1430, Moskva; Andronikov monastiriga dafn etilgan) — rus rassomi; Moskva rangtasvir maktabining asoschisi. Kiborlar muhitida tarbiyalangan. Rublyov ijodi Moskva Rusi badiiy anʼanalari zaminida shakllangan, shuningdek, u Vizantiya va jan. slavyanlar badiiy amaliyotlarini ham yaxshi bilgan. Rublyov asarlari falsafiy teranligi hamda badiiy shaklining mukammalligi bilan ajralib turadi; rassom ularda insonning maʼnaviy goʻzalligi va axloqiy kuchqudratini yangicha talqin etadi (Zvenigraddagi soborlar uchun «Spas», «Havoriy Pavel», «Arxangel Mixail» va b. ikonalari, 14 — 15-a. lar chegarasida). Rublyov ijodining choʻqqisi «Troitsa» sanami (14-a. oxiri — 15-a. boshi)da anʼanaviy bibliya syujeti koʻtarinkilik va falsafiy mazmun bilan boyitilgan. Moskva, Vladimir va b. shaharlar soborlaridagi ikonostaslar uchun ikonalar yaratgan («Qiyomat kuni» va b.).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x