RUAN

RUAN — Fransiyaning shim. qismidagi shahar. Dengiz boʻyi Sena departamentining maʼmuriy markazi va Normandiya tarixiy viloyatining bosh shahri. Aholisi 108,7 ming kishi (1999). Transport yoʻllari tuguni. Sena daryosi boʻyidagi dengiz porti. Mamlakatning yirik sanoat markazi. Toʻqimachilik, oziq-ovqat, metallurgiya, mashinasozlik (jumladan, kemasozlik), kimyo va neftni qayta ishlash sanoati korxonalari, unt, muzeylar bor. R. — qad. shahar. Shaharni mil. av. 1-a. da rimliklar, 5-a. da franklar bosib olgan. Ruanda 1431-y. da Janna DʻArk jazoga hukm qilingan va qatl etilgan. Meʼmoriy yodgorliklardan NotrDam sobori (13 — 16-a. lar), cherkovlar, Adliya saroyi (1508—09) va b. saqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x