ROZENBLYUM Leonid Moiseyevich

ROZENBLYUM Leonid Moiseyevich (1910, Simferopol — 1983, Toshkent) — ixtirochi olim; paxta terish mashinalari ixtirochilaridan biri. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1961). Butunittifoq Q. x. ni mexanizatsiyalashtirish va elektrlashtirish in-tida (Moskva) (1930—39), Oʻrta Osiyo Q. x. ni mexanizatsiyalashtirish va elektrlashtirish in-tida ilmiy xodim (1940—58), Oʻzbekiston FA Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi in-tida katta xodim, boʻlim mudiri (1958-y. dan). Rozenblyum rahbarligida pnevmatik, mexanik paxta terish mashinalarining tajriba nusxalari tayyorlangan, gorizontal va vertikal shpindelli mashinalarni yaratish borasida ilmiy va amaliy ishlar olib borilgan. R. Oʻzbekiston sharoiti uchun vertikal shpindelli mashinalarning afzalligini isbotlagan va bir necha turini yaratgan. U paxta terish mashinalariga taallukli 25 dan ortik, ixtiro muallifi. Vertikal shpindelli paxta terish mashinasi uchun mualliflik guvohnomasini olgan (1937). Davlat mukofoti laureati (1950).

As: Tryoxkratnaya obrabotka kustov xlopchatnika vertikalnoshpindelnыm apparatom, T., 1967 (hamkorlikda).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x