ROSSIYA AXBOROT TELEGRAF AGENTLIGI

ROSSIYA AXBOROT TELEGRAF AGENTLIGI (RATA-TASS) — Rossiyaning markaziy davlat axborot xizmati. 1904-y. Sankt-Peterburg telegraf agentligi (SPTA) nomi bilan tashkil etilgan. 1914-y. dan Petrograd telegraf agentligi (PTA), 1918-y. dan Rossiya telegraf agentligi (ROSTA), 1925-y. dan Sovet Ittifoqi telegraf agentligi (TASS) deb atalgan. 1992-y. yanv. da uni Rossiya axborot telegraf agentligiga aylantirish vaqtida TASS nomi dunyoga tanilgani sababli RATA—TASS degan atama maʼqul topildi. Agentlikning 134 ta mintaqaviy markazi va boʻlimi, 67 xorijiy mamlakatda muxbirlik boʻlinmasi bor. Ular Rossiyaning turli joylarida va dunyoning hamma burchaklarida sodir boʻlgan voqealarni zudlik bilan Moskvada kechayu kunduz ishlaydigan markaziy idoraga xabar qiladi, bu yerdan xabarlar, fotosurat va grafik tasvirlar ommaviy axborot vositalariga tarqatiladi. Bundan tashqari, turli mavzularda tahliliy nashrlar, bukletlar, byulletenlar, maʼlumotnomalar tayyorlanib, obunachilarga yetkazib beriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x