ROMITAN TUMANI

ROMITAN TUMANIBuxoro viloyatidagi tuman. 1926-y. 29 sent. da tashkil etilgan. Buxoro viloyatining markazida joylashgan.

Tuman hududi shim. sharkdan katta masofada Peshku, jan. sharkdan esa Vobkent, Buxoro tumanlari, jan,gʻarbdan Jondor tumani, tumanning Amudaryo b-n Qizilravot boʻlagi Amudaryo orqali Turkmaniston, shim. gʻarbdan Xorazm viloyati va Qoraqalpogʻiston Respublikasi bilan chegaradosh. Mayd. 1,29 ming km2. Aholisi 105,5 ming kishi (2003). Tumanda 2 shahar (Romitan, Gazli), 7 qishloq fuqarolar yigʻini (Bogʻiturkon, Doʻstlik, Romitan, Chilongʻu, Shoʻrcha, Qizilravot, Qoʻrgʻon) bor. Markazi — Romitan sh.

Tabiati. Tuman hududining relyefi, asosan, tekislikdan iborat. Shim. gʻarbiy qismi Amudaryo bilan chegaradosh. Toʻrtdan uch qismi Qizilqum choʻli bilan band, shim. Kuljuqtov etaklaridan iborat. Janubi Zarafshon daryosining quyi etaklaridagi Buxoro vohasida joylashgan. Choʻl zonasida yassi tekisliklar bagʻrida alohida ifodalangan tepalar (Jagastepa — 226 m, Nortepa — 191 m) boʻrtib turadi. Aksariyat maydonlar qumli, gipsli choʻl yaylovzorlari bilan band. Jan. dan Zarafshon daryosining irmokdari oqadi. Tumanning asosiy suv manbai AmuBuxoro mashina kanalidir. Iklimi keskin kontinental. Yanv. ning oʻrtacha trasi 0°, —1,5°, Qizilravot atrofida —3°, —4°, eng past t-ra —29°, iyulning oʻrtacha trasi 28°— 31,3°, eng yuqori t-ra 45°. Vegetatsiya davri 200 — 205 kungacha kuzatiladi. Yillik yogʻin 100—130 mm. Tuproqlari, asosan, oʻtloqi, boʻz tuproqlar, choʻlqum, taqir boʻz tuproqlar, shoʻrxok va shoʻrtoblar uchraydi. Yovvoyi oʻsimliklardan boyalich, kavrak, shoʻrashuvoq, yantoq, yer osti suvlari yaqin joylarda qamish, qumloqlarda saksovul oʻsadi. Bahorda rang, qoʻngʻirbosh, yaltirbosh, lola va b. oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan taroq barmoqli qoʻshoyoq, ingichka barmokli yumronqoziq, qoʻshoyoq, qumsichqon, qum boʻgʻma iloni, charx ilon, kaltakesaklar, chayon, qoraqurt va b. bor.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar (78,5%), shuningdek, qozoq, tojik, rus va b. millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2ga 81,8 kishi. Shaharliklar 21,1 ming kishi, qishloq aholisi 84,4 ming kishi.

Xoʻjaligi. Paxtachilik, gʻallachilik, bogʻdorchilik yetakchilik qiladi. Chorvachilikda qoramolchilik, qorakoʻlchilik, parrandachilik, tuyachilik, baliqchilik yoʻlga qoʻyilgan, pillachilik ham rivojlangan. 858 fermer xoʻjaligi bor. 14 ta muqobil MTP, 1 MTP aksiyadorlik jamiyati fermer xoʻjaliklarga xizmat koʻrsatadi. Romitan tumanida 1667 kichik va oʻrta korxona bor.

Tumanda gaz sanoati (Gazli), paxta tozalash zdi, hunarmandchilik tarmoqlari faoliyat koʻrsatadi. Avtotransport asosiy oʻrinda. Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 51,4 ming qoramol, 96 ming qoʻy va echki, 400 ga yaqin ot va tuya, 53,4 ming parranda boqiladi (2003).

Romitan tumanining umumiy yer maydoni qariyb 419 ming ga, shundan sugʻoriladigan yerlar mayd. 23,1 ming ga dan ziyod, ekin mayd. 20,5 ming ga dan ziyod, 12,7 ming ga maydonga paxta, 6,2 ming ga dan ziyod maydonga gʻalla ekiladi, shuningdek, kartoshka, sabzavot va poliz ekinlari ham yetishtiriladi. 1300 ga maydonda mevazor va tokzor bor. Yaylovlar qariyb 254,9 ming ga maydonni egallaydi. 45 umumiy taʼlim maktabidan (26 mingdan ortiq oʻquvchi) 2 tasi iqtidorli bolalar internat maktabidir. 1 litsey, 3 kasbhunar kolleji (1300 oʻquvchi) bor. 41 kutubxona, madaniyat uyi faoliyat koʻrsatmoqda. Tarix oʻlkashunoslik muzeyi ishlab turibdi. 335 oʻrinli 4 kasalxona, 5 poliklinika, tashxis markazi, 3 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 25 qishloq vrachlik punkta va b. tibbiy muassasalarda 240 vrach, 1300 oʻrta tibbiy xodim ishlaydi (2003).

Romitan tumani bilan qoʻshni tumanlar oʻrtasida avtobuslar qatnaydi. 1934-y. dan «Romitannoma» tuman gaz. chiqadi (adadi 1600).

Ad.: Xal imov T., Qobilov I. Qadimiy va navqiron Romitan, T., 1997.

Qahramon Rajabov, Lola Muhammadjonova.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x