ROKSOLANLAR

ROKSOLANLAR (lot. Roxolani) koʻchmanchi chorvador sarmat qabilalari nomi; koʻchmanchi qabilalar markazi — Shim. Azov boʻyida joylashgan yirik xarbiy-siyosiy itgifoqni tuzganlar. Mil. av. 2-a. oxirida Roksolanlar skiflar bilan ittifokda Qrimda Pont sarkardasi Diofantga karshi urushganlar. Mil. av. 2—1-a. larda skiflardan Don va Dnepr daryolari oraligʻidagi dashtni tortib olishgan. Mil. 1-a. da R. Dneprdan gʻarbdagi dashtni egallashgan. Taxm. 70-y. da ular Myoziyaga chopkun uyushtirganlar. 2—3-a. larda Roksolanlar Dunay boʻyida Rim bilan urush olib borishgan, lekin aftidan ularning aksariyati gunnlar bosqiniga qadar (mil. 4-a.) Qora dengizning shim. dagi dashtlarda istiqomat qilganlar. Gunnlar sarmatlar ittifoqiga barham berib, Roksolanlarning bir qismini oʻzlariga qoʻshib, gʻarbga yurishni davom ettirganlar.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x